Youtube dizayni yangilandi. Nima o’zgarishlar bor ?

Sardor Abdujalolov
2 min readNov 3, 2022
Photo by Christian Wiediger on Unsplash

The trends of design toward simplicity and accessibility.

Yangilangan dizayn deganda, ko’pchiligimiz sal havotirga tushamiz. Chunki bu websaytni yana qaytadan tushunib chiqishimiz kerak degan tashvish hayolimizni bir chetida turadi. Lekin Youtube yangilanganiga qaramay, hamma qismlar tushunarliligicha qolgan. Foydalanuvchi qaytadan bosh qotirib o’tirmaydi.

Подписаться tugmasi ortiq qizil emas !

Biz azaldan bilib kelgan ushbu tugma qizil rangda edi. Ancha eski youtube foydalanuvchilari bilishadi dastlab bu tugmalar sariq rangda edi hozirgi kungacha qizil rangda bo’lib keldi. Va yangi dizaynga ko’ra ular dark mode versiyalarda oq rangda, light mode versiyalarda esa qora rangda bo’ladi.

подписаться button yangi ko’rinishi

Ushbu tugmalar bilan bog’liq yana bir yangilik bu, endilikda ular kanal nomi yozilgan qismda joylashadi, videoning paski o’ng tomonida emas :)

Aylana burchaklar uslubiga o’tish.

Dizayn olamida trendlar tez almashib turadi. Aynan hozirgi kunda yumshoqroq dizaynlarning davri desak xato bo’lmaydi. Shu jumladan, aylana burchakli shakllar bilan boyitilgan dizaynlarni ayni damda ko’p joylarda uchratish mumkin.
Zamon bilan hamnafas bo’lay degan maqsadda endi Youtubedagi deyarli barcha elementlar buttonlar, text fieldlar, video containerlar, aylana burchakli(rounded) uslubga o’tdi.

Eski ko’rinish
Yangi ko’rinish

Buni ijobiy o’zgarish deb hisoblash mumkin. Chunki qirrali button va shu kabi elementlardan ko’ra, qirrasi aylana shakldagi elementlar foydalanuvchi bilan iliqroq munosabat hosil qiladi.

Blur-background. Hiralashgan orqa fon.

Yana bir trendlardan biri hiralashtirilgan fon(Blur-background) ko’p websayt va mobil dasturlarda qo’llanilmoqda. Shu jumladan, Youtube ham ushbu dizayn elementini sinab ko’rdi. Ushbu orqa fon videodagi ranglarning aynan o’zidan foydalanib hosil qilinadi.

Blur-background

Youtube yangi updatedan keyin nafaqat dizayn balki funksional taraflardan ham ko’p yangiliklar amalga oshirilgan biroq bizning maqolamiz faqat dizaynga taalluqliligi tufayli shu bilan chegaralanishga qaror qildik.
Youtubening yangilangan dizaynidagi ko’zga tashlanib turadigan o’zgarishlar qisqacha shulardan iborat edi. Umumiy olganda ushbu o’zgarishlarni yaxshi baholasak bo’ladi, sababi yangi trendga ergashish bilan birgalikda foydalanuvchiga yanada maroq bag’ishlay olgan.

--

--

Sardor Abdujalolov

A special one from the ocean of Design. A guy who wants to share own knowledge and learn from others.